» » Andijonda “Xalq banki” filiali boshqaruvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Andijonda “Xalq banki” filiali boshqaruvchisi pora bilan qo‘lga tushdi


Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyatining Bo‘z tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida “Xalq banki”ning tuman filiali boshqaruvchisi A.A. pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushirilgan. Bu haqda Bosh Prokuratura xabar berdi.

A.A. “M” nomli MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan o‘z mablag‘lari hisobidan issiqxonalarni qurib bitkazganligi uchun O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamg‘armasidan ajratilgan 66 million so‘mni ushbu korxona hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga 10 million so‘m pora talab qilib, uni olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi “Pora olish” holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Andijonda issiqxona uchun yer olib berishni va’da qilgan ishsiz 2 ming dollarni olgan vaqtida DXX tomonidan ushlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют