» » Peterburgdagi terakt buyurtmachisi aniqlandi

Peterburgdagi terakt buyurtmachisi aniqlandi


Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan terakt buyurtmachisi aniqlandi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati boshlig‘i Aleksandr Bortnikov ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

“Deyarli aniqlandi. Ha, ha, aniqlandi”, — deydi Bortnikov “Interfaks” jurnalisti bergan savolga javoban.

“Peterburg metropolitenida sodir bo‘lgan teraktga bog‘liq, terrorchilar tayyorgarligiga guvohlik beruvchi barcha narsalar rasman ma’lum qilindi. Sizlarni ish tafsilotlari bilan bosqichma-bosqich tanishtirib boramiz”, — deya qo‘shimcha qildi FXX boshlig‘i.

3-aprel kuni Sankt-Peterburg metro poyezdida qo‘lbola bombaning portlashi oqibatida 15 kishi, jumladan, terrorchi deya taxmin qilinayotgan shaxs ham halok bo‘lgan,  50 dan ortiq odam jarohat olgan. Tergov bombani asli qirg‘izistonlik Akbarjon Jalilov amalga oshirgan deya hisoblamoqda.

17-aprel kuni FXX terrorchi-xudkushni tayyorlashda gumonlangan 26 yoshli Abror Azimovni Moskva viloyatida qo‘lga olgan edi.

19-aprel kuni FXX Moskvada Abror Azimovning akasi — Akram Azimovni ham qo‘lga olgan.

Etnik jihatdan o‘zbek bo‘lgan Abror va Akram Azimovlar Qirg‘izistonnning janubida yashagan. 2013-yilda Rossiya fuqaroligini qabul qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют