» » O‘zbekistonning “yashil” hududlaridagi masjidlar 8-iyundan ochiladi

O‘zbekistonning “yashil” hududlaridagi masjidlar 8-iyundan ochiladi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 5-iyundan “yashil” hududlarda joylashgan diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu masalaga qo‘shimcha rasmiy izoh berildi.

Qayd etilishicha, diniy muassasalarda (masjidlar, cherkovlar) ularning faoliyati qayta yo‘lga qo‘yishda xavfsizlikni ta’minlash uchun 5—8-iyun kunlari bir qator tayyorgarlik choralari ko‘riladi. Ushbu chora-tadbirlar diniy muassasalarni sanitariya-epidemiologiya me’yorlari va qoidalari talablariga qat’iy moslashtirishga qaratilgan.

Bu choralarga dezinfeksiya qilish, ijtimoiy masofani saqlashni (kamida 1,5-2 metr) ta’minlash uchun zarur bo‘lgan maxsus belgilar, zarur jihozlar (pirometrlar, sanitariya va dezinfeksiyalash vositalari, sanitariya gilamlari va boshqalar) bilan ta’minlash, diniy muassasalar ishchilari bilan o‘quv seminarlari va boshqalar kiradi.

Ushbu choralarning barchasi amalga oshirilgach, to‘liq xavfsizlik ta’minlangach, diniy muassasalar, masjidlar 8-iyundan boshlab faqat “yashil” hududlarda faoliyatini boshlaydi. Bunda sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), shuningdek, ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1,5?2 metr) holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi.

Biroq fuqarolarning kasallikni noma’lum manbalardan yuqtirishi va aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyaning 4-iyunga o‘tar kechasi e’lon qilingan yangi qarorida O‘zbekistonda 5-iyundan boshlab faqat “yashil” toifadagi hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilayotgani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют