» » Twitter Trampning Jorj Floyd haqidagi nutqini o‘chirib tashladi. Uning o‘limi AQShda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgandi

Twitter Trampning Jorj Floyd haqidagi nutqini o‘chirib tashladi. Uning o‘limi AQShda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgandi


Twitter’da AQSh prezidenti Donald Trampning politsiya tomonidan qo‘lga olish paytda o‘ldirilgan afro-amerikalik Jorj Floyd haqidagi nutqining video yozuvini blokladi. Hill nashrining yozishicha, Tramp saylov kampaniyasi shtab-kvartirasi sahifasida joylashgtirilgan video mualliflik huquqini buzgani uchun o‘chirilgan.

Deyarli 4 daqiqa davom etadigan ushbu videoda Trampning Floyd vafotidan bir necha kun o‘tganidan keyin so‘zlagan nutqi eshittirilgan bo‘lib, unda tinch namoyishchilar suratlari, shuningdek, ommaviy tartibsizliklardan lavhalar ko‘rsatilgan. Unda prezident dastlab “katta fojea” haqida, keyin esa “radikal so‘l guruhlar”ning  “zo‘rovonlik va anarxiya”si haqida hamda huquq tartibot organlar ishi to‘g‘risida gapirgan.

Nashrning yozishicha, videoda foydalanilgan kamida bitta surat yuzasidan uning muallifidan shikoyat tushgan. Servis ushbu videoni boklaguncha uni Trampning o‘zi rasmiy sahifasiga ulashishga, shuningdek 7 mingga yaqin foydalanuvchilar ham uni tarqatishga ulgurgan. Hozirda bu videoni ko‘rib bo‘lmaydi.

Video bloklanganidan keyin Tramp komandasi Twitter va uning asoschisi Jek Dorsini senzurada ayblab, foydalanuvchilarni videoning Youtube’da yuklangan nusxasini tarqatishga chaqirgan.

Shuningdek, xabarda bildirlishicha, saylovoldi kampaniyasi vakillari videodan kim shikoyat qilgani va u qanday qilib mualliflik huquqini buzayotganini bilish uchun Twitter’ga murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirlarida Twitter ilk bor Trampning xabarini o‘quvchilarga uning ishonchli emasligini, qayta tekshirish talab etilishini bildiruvchi maxsus belgi bilan ajratgandi. Prezident bu holatni tanqid qilib ijtimoiy tarmoqni prezidentlik saylovlariga aralashganlikda ayblagan, uni AQSh hududida yopib yuborish bilan tahdid qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют