» » Videomuharrir, animatsiyali stikerlar qo‘shish, yaxshilangan GIF paneli. Telegram’ning yangilangan versiyasi taqdim etildi

Videomuharrir, animatsiyali stikerlar qo‘shish, yaxshilangan GIF paneli. Telegram’ning yangilangan versiyasi taqdim etildi


Telegram’ning 4-iyun kuni taqdim etilgan yangilangan versiyasi orqali videoyozuvlarni tahrirlash, GIF-reaksiya va suratlardagi animatsiyalarni yaxshilash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berildi.

2015-yilda Telegram messenjer uchun unikal bo‘lgan, rasmlar sifatini yaxshilash va ularga chizma, stiker va matn qo‘shish imkonini beruvchi rasm muharririni taqdim etgan edi. Endilikda ushbu muharrir videolarni qayta ishlash hamda video va rasmlarga animatsiyali stikerlarni joylash imkoniyati ham paydo bo‘ldi.

Videomuharrir avtomatik ravishda video sifatini yaxshilash — yoki oddiy usulda yorqinlik, to‘yinganlik va boshqa parametrlarni sozlash, shuningdek, matn joylash yoki rasm qo‘shish imkonini beradi.

Animatsiyali stikerlarni qo‘shish

Eng muhimi, endi istalgan rasm yoki videoga animatsiyali stikerlarni qo‘shish mumkin – masalan, tushlik dasturxonini raqsga tushuvchi olchalar bilan bezatsa bo‘ladi. Agar rasmga stiker joylansa, u avtomatik ravishda GIF-animatsiya sifatida yuboriladi:

Yaxshilangan GIF paneli

GIF panelida yangi “Ommabop” bo‘limi, shuningdek, mos keluvchi emodzi bo‘yicha topish mumkin bo‘lgan GIF’lar jamlanmasi paydo bo‘ldi. Kichik Robert Dauni GIF’ini buning uchun so‘zni yozmasdan yuborish mumkin.

Shuningdek, panelda kerakli GIF’ni tezroq topish uchun animatsiyalar yuklanishini ham tezlashtirildi. Oldin yuborilmagan istalgan GIF’ni keyinchalik foydalanish maqsadida “Oxirgilar” varag‘iga saqlash uchun uni ushlab tursa bo‘ladi.

Android uchun yangiliklar

Android foydalanuvchilarini yana bir nechta yangilik kutmoqda. Endi xabarlarni yangi ravon animatsiyalar bilan yuborish, tahrirlash va o‘chirib tashlash mumkin. Shuningdek, boshqaruv tugmalari va uzun izohlar tezroq g‘oyib bo‘lishi uchun videopleyerni yaxshilandi. 30 soniyadan qisqaroq videolar endi avtomatik takrorlanadi.

Bundan tashqari, keshni boshqarish panelini yangilandi (Sozlamalar > Ma’lumotlar va xotira > Xotiradan foydalanish). Endi nafaqat ilova qurilmada ortiqcha joy egallamasligiga ishonch hosil qilish, balki interfeys chiroyini baholash mumkin.

Va nihoyat, ikki bosqichli tekshiruv sozlamalarida maymuncha paydo bo‘ldi. Hisobni qo‘shimcha parol bilan himoyalashga hech qachon kech emas. Agar buni hali amalga oshirmagan bo‘lsangiz, parolni maxfiylik sozlamalarida o‘rnatish mumkin – bir vaqtning o‘zida maymunchadan zavqlangan holda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют