» » Italiyada joriy mavsum o‘yinlarida 5 ta zaxira imkoniyatidan foydalanishga ruxsat berildi

Italiyada joriy mavsum o‘yinlarida 5 ta zaxira imkoniyatidan foydalanishga ruxsat berildi


Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) A Seriya uchrashuvlarida joriy mavsum oxirigacha o‘yin davomida beshtagacha zaxira almashtirishini amalga oshirishga ruxsat berdi.

Mazkur qaror koronavirus bilan bog‘liq tanaffusdan so‘ng futbolchilarning ehtimoliy jarohatlarini kamaytirish uchun qabul qilindi. Jamoalar o‘yin davomida uch imkoniyatda va tanaffus vaqtida alashtirishlarni amalga oshirishi mumkin. Italiya Kubogi bahslarida qo‘shimcha bo‘limlar tayinlanadigan bo‘lsa, u holda to‘rtinchi intervalga ruxsat beriladi. Mazkur qaror 2019/20-yilgi mavsum oxiragacha amal qiladi va B Seriya o‘yinlariga ham taaluqli bo‘ladi.

Avvalroq FIFA joriy mavsum yakuniga qadar beshta zaxira imkoniyatidan foydalanishga ruxsat bergan, biroq yakuniy qarorni milliy ligalarning o‘ziga qoldirgandi.

Eslatib o‘tamiz, A Seriya o‘yinlari 20-iyundan davom etadi. Undan avval esa 12-13-iyun kunlari Italiya Kubogi yarim final javob bahslari doirasidagi o‘yinlar o‘tkaziladi. Final esa 17-iyunga mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют