» » Soxta akkaunt Reddit foydalanuvchisiga erining xiyonatini fosh qilishga yordam berdi

Soxta akkaunt Reddit foydalanuvchisiga erining xiyonatini fosh qilishga yordam berdi


Reddit foydalanuvchisi soxta akkaunt orqali erining xiyonatini fosh qilishga muvaffaq bo‘lganini so‘zlab berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ayol erining smartfonida tanishuvlar dasturi o‘rnatilganini sezib qoldi. Shunda u soxta akkaunt ochib, eri bilan dasturda gaplasha boshladi.

Internet foydalanuvchisning aytishicha, u eri bilan tanishganiga 20 yil, turmush qurganiga esa 15 yil bo‘lgan.

U Reddit foydalanuvchilaridan endi qanday yo‘l tutish borasida maslahat so‘ragan. Ayol turmush o‘rtog‘i bilan bu haqda “baqir-chaqirsiz” qanday gaplashib olishni bilmasligini aytgan. Shuningdek, u eriga boshqa ishonmasligini ham yozgan.

Foydalanuvchilar unga o‘zini qo‘lga olib, eri bilan yozishishda davom etish, uning qanchadan beri bu dasturdan foydalanishini hamda nima sababdan ro‘yxatdan o‘tganligini so‘rashni tavsiya qilgan.

Ayrimlar esa ayolga erini uchrashuvga taklif qilishni, bu holatda uning o‘zini qanday tutishini ko‘rishni maslahat bergan.

Foydalanuvchilarning boshqa qismi esa erkakning tarafini olib, u boshqa ayollar bilan yozishayotgani xotiniga xiyonat qilayotganini anglatmasligini yozgan.

Mavzuga doir: Munosabatlar uzoqqa bormasligining 5 sababi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют