» » Jizzaxda “soxta militsioner” qo‘lga olindi

Jizzaxda “soxta militsioner” qo‘lga olindi


Jizzax viloyat IIB O‘z xavfsizligi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Zarbdor tumanida “soxta militsioner” qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, 2017-yil 21-oktabr kuni Zarbdor tumanida yashovchi fuqarolardan biri giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlik gumoni ostida qamoqqa olingan. Ertasi kuni qamoqqa olingan shaxsning 1966-yilda tug‘ilgan ayoliga notanish erkak qo‘ng‘iroq qilib, erining ishi bo‘yicha uchrashishi lozimligini aytadi.

Uchrashuv vaqti notanish erkak o‘zini viloyat IIB xodimi deb tanishtirgan va erining ishini yengillashtirishda yordam ko‘rsatishni va’da qilib, evaziga 5 million so‘m pul so‘ragan.

Xabar berishlaricha, ayol unga aytilgan summadagi pulni bergan. Aldanganini tushunib yetgach, ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan.

“Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ayolga o‘zini viloyat IIB xodimiman deb tanishtirgan va aldov yo‘li bilan undan 5 million so‘m pul olgan shaxs 1980-yili Zarbdor tumanida tug‘ilgan, hech qayerda ishlamaydigan Dilshodxon Zoirov ekanligi aniqlandi”, — deyiladi viloyat IIB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют