» » Andijonda fuqarolardan pul undirib yurgan “gaz korxonasi xodimlari” qo‘lga olindi

Andijonda fuqarolardan pul undirib yurgan “gaz korxonasi xodimlari” qo‘lga olindi


Andijon viloyat IIB tezkor xodimlari 26-fevral kuni o‘tkazgan tadbir davomida o‘zini “Aziz” deb tanishtirgan shaxs tabiiy gaz tarmog‘i uchun shaxsiy hisob raqami va yong‘in xavfsizligi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 700 ming so‘m olayotganda ashyoviy dalil bilan ushlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Tekshiruv davomida “Aziz” Oltinko‘l tumanida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan sudlangan U.A.ligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, 23-fevral kuni U.A. va Andijon shahar gaz ta’minoti korxonasi nazoratchisi bo‘lib ishlagan S.O. tabiiy gaz uchun qarzdorlik bor deb bahona qilib, dalolatnoma tuzish bilan qo‘rqitib, A.R.ning xonadonidan 350 ming so‘m olib ketgani aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют