» » Nurotada 71 fuqaroning ichimlik suvi uchun to‘langan mablag‘ini o‘zlashtirgan nazoratchi qo‘lga olindi

Nurotada 71 fuqaroning ichimlik suvi uchun to‘langan mablag‘ini o‘zlashtirgan nazoratchi qo‘lga olindi


“Suvoqava” davlat unitar korxonasi Nurota tumani filialining sobiq nazoratchisi E.H. tumanning Nurfaxr, Yangiobod, Eshon Sudur va Bo‘diq mahallalarida yashovchi 71 nafar fuqaroni chuv tushirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. U aholining ichimlik suvi uchun to‘langan jami 5 million 300 ming so‘mdan ziyod pulini o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Bu holat Majburiy ijro byurosi Nurota tumani bo‘limi tomonidan Prezidentning 2017-yil 16-noyabrdagi “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan tekshirish jarayonida ma’lum bo‘ldi.

E.H.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodesining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi va 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 135) ( 0) ( 134) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют