» » Ruslan Sharipov salomatligi tiklangach, o‘z qizi ishtirokida yangi estrada guruhini tuzmoqchi

Ruslan Sharipov salomatligi tiklangach, o‘z qizi ishtirokida yangi estrada guruhini tuzmoqchi


Xonanda Ruslan Sharipov “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi. Intervyu jarayonida xonanda kelajakdagi rejalari haqida so‘zlab berdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

“Rejalarim juda ko‘p. Sog‘lig‘im tiklangach, ijodimni yo‘lga qo‘yaman. Kimlardir uchun emas, o‘zim uchun qo‘shiq yozishni istayman. Yaqindagina bir tanishim kelib, qo‘shiq yozib berishimni iltimos qildi. Rad etdim. Unga ham: ‘Endi xudbin insonga aylanishga ahd qildim’, dedim. Bu hazil emas, kelajagimning haqiqati. Rostdan ham birovlarning kelajagini o‘ylashni istamayman”, — dedi Ruslan Sharipov.

“Yana bir maqsadim — farzandlarimning kelajagi. Ikki qizimda ham iqtidor bor. Kamila hozir Estrada va sirk kollejida ta’lim olyapti. Ovoz imkoniyatlarini eshitib, xursand bo‘laman. Bir-ikki yil ichida u bilan shug‘ullanib, qizlarning yangi guruhini tuzishni rejalashtirdik. O‘ylaymanki, uning kelajagi porloq”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 103) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют