» » Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 20 ming kishidan, Tojikistonda esa 4,5 ming kishidan oshdi

Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 20 ming kishidan, Tojikistonda esa 4,5 ming kishidan oshdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 165 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 1,3 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 859 kishiga yetgan. Hozirga qadar 7376 kishi sog‘aygan, 56 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 1357 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi

Qirg‘izistonda 8-iyun holatiga ko‘ra, yana 25 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 18 nafari Bishkek shahrida aniqlangan bo‘lsa, qolgan 7 nafari Chuy viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2032 kishiga yetdi, ularning 23 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1445 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda 7-iyun holatiga ko‘ra, yana 791 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 20 342 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 357 kishiga yetdi, hozirga qadar 1875 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bugungi kungacha koronavirusga 47 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

Koronavirus tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4529 kishiga yetgan.

Mamlakatda hozirga qadar 48 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 2673 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir:Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 milliondan oshdi

O‘zbekistonda 8-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 4352 nafarga yetdi. Mamlakatda shu vaqtgacha koronavirusga chalingan bemorlarning 3354 nafari butunlay sog‘aygan, 17 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют