» » Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 6 ming nafarga yaqinlashdi. Umumiy hisobda 475 nafardan ortiq kishi kasallangan

Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 6 ming nafarga yaqinlashdi. Umumiy hisobda 475 nafardan ortiq kishi kasallangan


Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 8985 ta holat qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 476 658 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Meduza koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning 8-iyun kuni bergan ma’lumotlariga tayanib.

Unga ko‘ra, so‘nggi sutkada koronavirus bemorlarining 112 nafari vafot etgan bo‘lib, kasallik qurbonlari soni 5971 kishini tashkil qilmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 3957 kishi tuzalib, mamlakatda sog‘ayganlar soni 230 688 nafarga yetgan.

Qayd etilishicha, Rossiyada koronavirusni aniqlash uchun so‘nggi sutkada 294,4 mingta, umumiy hisobda esa 13 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

Avvalroq Rossiyada yogurt yoki burunga tomiziladigan tomchilar shaklidagi vaksinalar paydo bo‘lishi ma’lum qilingan, rossiyalik shifokor koronavirus kech kuz va erta bahorda paydo bo‘ladigan mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga doir: COVID-19’dan vafot etganlar soni dunyo miqyosida 400 ming nafardan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют