» » Rossiyada bir sutkada 9035 kishida koronavirus aniqlandi. Bemorlarning 162 nafari vafot etdi

Rossiyada bir sutkada 9035 kishida koronavirus aniqlandi. Bemorlarning 162 nafari vafot etdi


Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 9 035 ta holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning 1-iyun kuni bergan ma’lumotlariga tayanib.

Bundan bir kun avval bu ko‘rsatkich 9 268 kishini tashkil etgandi. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 414 878 kishi koronavirusga chalingan.

So‘nggi sutkada koronavirus aniqlanganlarning 162 nafari vafot etib, virus qurbonlari soni 4 855 kishiga yetgan.

Shuningdek, sutka davomida bemorlarning 3 994 nafari tuzalgan bo‘lib, sog‘ayganlarning umumiy soni 175 877 kishini tashkil etmoqda.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 279,9 mingta, epidemiya boshlanganidan buyon esa 10,9 millionta test o‘tkazilgan.

Avvalroq Rossiyada koronavirusning belgisiz tashuvchilari soni oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Rossiyalik shifokor koronavirus kech kuz va erta bahorda paydo bo‘ladigan mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Mavzuga doir: Rossiyaliklarning to‘rtdan bir qismi koronavirusni undan manfaatdor shaxslarning uydirmasi deb hisoblamoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют