» » Ozbekistondagi sayyohlik tashkilotlarining 92 foizi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm hissasiga togri keladi

Ozbekistondagi sayyohlik tashkilotlarining 92 foizi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm hissasiga togri keladi


Tamaddun dunyo xalqlari hayot tarzi, yashash xususiyatlarida ham tub burilish yasadi. Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivoji, aholi turmush darajasi yuksalishi, urbanizatsiyaning kuchayishi turizmga bolgan ehtiyoj ortishiga olib keldi. Zero, safar uyushtirish, sayohatga chiqish, tabiat qoynida dam olish bugungi zamon kishilari hayotining tarkibiy qismi, ayni chogda salomatlikni mustahkamlash va bosh vaqtni mazmunli otkazishning muhim shakliga aylandi.

Darhaqiqat, Jahon sayyohlik tashkilotining malumotlariga qaraganda, har yili ortacha 1,2 mlrd. nafar kishi sayohatga chiqadi. Vaholonki, bundan 10 yil muqaddam royxatga olingan turistlar soni 576 mln. nafarni tashkil etgan, xolos. Mazkur soha jadal rivojlanishining koplab omillari bor, albatta. Ular ichida eng asosiysi bu dunyoni bilish, tarbiya va soglomlashtirishni ozida mujassamlashtirganidir. Qolaversa, u bunday xizmatlarni tashkil etuvchilarga katta daromad olish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda dunyo turizmining jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10 foiz, xizmatlar eksportida 30 foiz, savdo hajmida 6 foizga yetgani, mehnatga layoqatli aholining 8 foizi shu jabhada mehnat qilayotgani buning yaqqol dalilidir.

Shu manoda, Ozbekistonda sayyohlik sohasi taraqqiyotining bugungi ahvoli qanday?

Avvalo, shuni aytish joizki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida turizmning bozor munosabatlariga asoslangan yangi huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratildi. Zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etilib, turizmning jahon andozalari darajasidagi yangi yonalishlari joriy qilindi. Mavjud tarixiy-madaniy yodgorliklar tamirlanishi barobarida, ular keng kolamda targib etildi. Bu kabi tizimli chora-tadbirlar kutilgan samarani berib, yurtimizning sayyohlik salohiyati tobora oshmoqda. Bunga yaqinda Buyuk Britaniyaning dunyoda mashhur Financial Times gazetasida chop etilgan maqola misol bola oladi.

Gap shundaki, unda 2017-yilda jahon boylab sayohatga chiqish istagidagilar uchun eng qiziqarli yonalishlar royxati elon qilindi. Gazetada takidlangan toqqizta davlat orasida Ozbekiston jahondagi eng diqqatga sazovor sayyohlik yonalishlari reytingida ikkinchi orinda qayd etildi.

Bu bejiz emas, albatta. Negaki, Ozbekiston sayyohlik kolami va tarixiy qadamjolari kopligi boyicha dunyodagi yetakchi davlatlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda 7 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorliklar hamda betakror arxitektura namunalari mavjudligi, solim qoriqxonalar faoliyat korsatayotgani, milliy madaniyat, sanat va hunarmandchilikning kop asrlik ananalari asrab-avaylab kelinayotgani xorijliklarning yurtimizga bolgan qiziqishini yanada kuchaytirmoqda. Biroq mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanilmayotganligi tufayli sohaning xizmat korsatish va eksportdagi hissasi, aholini ish bilan taminlashdagi orni jahondagi ortacha korsatkichdan sezilarli darajada orqada.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida bu haqda toxtalar ekan, turizmdek serdaromad soha rivoji etibordan chetda qolib kelayotgani, uning Ozbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotiga qoshadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini toldirish boyicha aniq chora-tadbirlar korilishi zarurligini alohida takidladi.

Davlat statistika qomitasi malumotlarida keltirilishicha, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi juda past atigi 2 foiz atrofida. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma va tashkilotlarning soni esa qariyb 400 ta bolib, ularning asosiy qismi Toshkent shahri (73,4 foiz), Samarqand (13,1 foiz), Buxoro (4,5 foiz) va Xorazm (1 foiz) viloyatlari hissasiga togri keladi. Boshqacha aytganda, Ozbekistondagi sayyohlik xizmatlari korsatishga ixtisoslashtirilgan firma va tashkilotlarning 92 foizi, sayyohlarning 93,1 foizi ushbu 4 ta hududga togri keladi.

Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Binobarin, ushbu hujjatda turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmogi sifatida taraqqiy toptirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ushbu yonalishdagi salohiyatidan yanada toliq va samarali foydalanish, tarmoqni boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targib qilish, Ozbekistonning ijobiy sayyohlik qiyofasini shakllantirish yonalishlari belgilab berilgan. Ularning izchil ijrosi yurtimizni jahon turizmining muhim markazlaridan biriga aylantirish imkonini yaratadi.

Qadimgi Buyuk Ipak yoli orqali koplab mamlakatlarning turizm marshrutlari tutashgan xalqaro chorrahada joylashgan olkamizda sayyohlikning barcha turini rivojlantirish mumkin. Ular orasida ekoturizm eng istiqbolli yonalish hisoblanadi. Buning uchun goyat xilma-xil hamda boy landshaft, tabiiy ekotizim va resurslar, ulkan rekreatsiya-turizm salohiyatiga egamiz. Qolaversa, yurtimizning quruq subtropik iqlimi, fasllar oz ornida almashishi yil davomida, har mavsumga xos va mos ekologik turizm xizmatlari korsatish imkonini beradi.

Vaholonki, hozirgi vaqtda dunyoning kopgina mamlakatlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH)ning iqtisodiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega estetik tabiiy manzaralari, madaniy-etnografik meros va qulay ekologik resurs salohiyati imkoniyatlaridan ekologik turizmni rivojlantirishda foydalanish asosiy yonalishga aylangan. Shu manoda, respublikamizda ekoturizmga asos boladigan noyob obyektlar juda kop. Masalan, 36 ta METH mavjud bolib, ularning umumiy maydoni 2604,2 ming gektarni tashkil etadi. Bundan tashqari, sirli gorlar, garoyib shaklli qoyalar, daralar, yer qatlamlari ochilib qolgan joylar, sharsharalar, shifobaxsh buloqlar, ulkan daraxtlar, nafosatli landshaftlar, muzliklar ham bor. Faqat ularni turizmda foydalanishga qaratilgan inventarizatsiya va klassifikatsiyalash, shuningdek, mavjud salohiyatni tibbiy-biologik, turizm-iqtisodiy baholashni amalga oshirish talab qilinadi, xolos.

Takidlash kerakki, turizm rivojida, ayniqsa, sohaning boshqaruv tuzilmasi muhim orin tutadi. Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi Farmoniga asosan, yangidan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi faoliyati, eng avvalo, nazorat va mamuriyatchilik vazifalarini amalga oshirishga emas, balki turizmda tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Yani qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, sayyohlikni rivojlantirishga tosqinlik qilayotgan gov va tosiqlarni bartaraf etish, xizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish, litsenziyalash, sertifikatlash hamda boshqa ruxsatnomalar berish uning zimmasiga yuklandi.

Oz navbatida, Farmonda Ozbekistonda yaqin vaqtda turizm sohasini orta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi, 20172021-yillarda konsepsiyani amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish, soha korxonalariga qoshimcha imtiyoz va preferensiyalar berish boyicha ham dolzarb tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Unga kora, yaqin istiqbolda xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilgan holda, respublikamizning barcha hududida turizm infratuzilmasining zamonaviy obyektlari, eng avvalo, mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya obyektlari bunyod etiladi. Bu jarayonda yangi obyektlarning xalqaro andozalar, turistlar talab va ehtiyojlariga toliq javob berishi inobatga olinadi.

20172021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yonalishlari deb nomlangan uchinchi yonalishida turizm industriyasini jadal ravnaq toptirish boyicha dasturiy vazifalar belgilab berilgan.

Soha istiqboliga qaratilayotgan ana shunday jiddiy etibor tufayli yangi-yangi turizm markazlari vujudga kelayapti. Toshkent viloyatini, hech ikkilanmasdan, ana shular safiga kiritish mumkin.

Gap shundaki, hudud tabiiy imkoniyatlari hamda xorij tajribasi organilgan holda, viloyatning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar korilmoqda. Masalan, 700 dan ziyod madaniy meros obyektlari mavjudligi sayyohlikning ziyorat yonalishini rivojlantirishda qol kelayotgan bolsa, noyob tabiat obidalari, fusunkor ormon va landshaftlar ekologik, purviqor toglar esa ekstremal sayyohlik istiqboliga keng yol ochib berayapti. Bundan tashqari, etnoturizm ham izchil rivojlanayotir. Shu bois 20172021-yillar davomida mazkur sohada 200 dan ziyod loyihalar amalga oshiriladi. Ular doirasida yangi infratuzilma obyektlari, xususan, 40 ta mehmonxona qurilishi kozda tutilgan. Yangi mehmonxonalar sayyohlar oqimi nisbatan kop bolgan Parkent, Bostonliq va Zangiota tumanlari, Angren hamda Chirchiq shaharlarida bunyod qilinishi belgilangani etiborga molikdir.

2017-yilning ozida birgina Parkent tumanida 80 orinli mojaz mehmonxona, oilaviy dam olish majmuasini foydalanishga topshirish boyicha ishlar jadal davom ettirilayapti. Umuman olganda, besh yil mobaynida shu kabi maqsadlar royobi uchun 400 milliard somdan ortiq investitsiyalar jalb qilinib, qariyb 2 mingga yaqin ish orni yaratiladi. Pirovardida viloyatda turizm xizmatlari korsatish hajmi 2,5 barobar oshadi.

Harakatlar strategiyasi va boshqa tegishli hujjatlarning izchil ijrosi Ozbekistonni tez orada yirik hamda jozibador sayyohlik markazlaridan biriga, turizmni esa iqtisodiyotimizning yetakchi sohasiga aylantirishga mustahkam zamin yaratishi muqarrar.

Obid Hamidov,
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

: admin (21-04-2017, 09:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -