» » O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ko‘paydi, lekin ular orasida Prezident aytgan taksichilik yo‘q

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ko‘paydi, lekin ular orasida Prezident aytgan taksichilik yo‘q


“Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyuldan:

Ma’lumot uchun, Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 19-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘zini o‘zi band qilayotgan, qo‘lida kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilangan edi. Yig‘ilishda Prezident tomonidan taksi haydovchilari ham daromad solig‘idan ozod etilishi qayd etib o‘tilgandi.

Mavzuga doir: “O‘zini o‘zi band qilgan aholi daromad solig‘idan ozod qilinadi” — Shavkat Mirziyoyev

Shuningdek, endilikda yakka tadbirkor guvohnomasida uning fotosurati aks ettiriladi. Qarorga muvofiq, joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda yuridik shaxslar – tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish katta miqdorlarda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lmagan taqdirda xabar berish tartibini qo‘llagan holda bekor qilinadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish ularni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda (qayta ro‘yxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib borish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.

Qarorga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida 3 nafar bo‘lgan oilaviy korxonalar soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘laydilar.

Bundan tashqari, internet tarmog‘i orqali xizmat ko‘rsatuvchi (ishlar bajaruvchi) o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga (frilansing) qator huquqlar beriladi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют