» » “O‘zini o‘zi band qilgan aholi daromad solig‘idan ozod qilinadi” — Shavkat Mirziyoyev

“O‘zini o‘zi band qilgan aholi daromad solig‘idan ozod qilinadi” — Shavkat Mirziyoyev


O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni daromad solig‘idan ozod qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda o‘zini o‘zi band qilayotgan, qo‘lida kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilangan.

“Ya’ni, sartarosh, etikdo‘z, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi, taksist, tarjimon, dizayner, kompyuter dasturchisi kabi o‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilinadi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya bo‘ladi. Xorijiy tajriba asosida bunday fuqarolarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha mobil ilova ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zini o‘zi band qilgan aholini daromad solig‘idan ozod qilish bo‘yicha choralar qisqa fursatda yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash niyatida ko‘rilmoqda. Hukumat pandemiya tufayli O‘zbekistonda kambag‘al aholi va ishsizlar soni oshishi, oilalar daromadi kamayishini prognoz qilmoqda.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlarning mulkini noqonuniy olib qo‘ygan hokimlar birgina ishdan haydalish bilan cheklanmasligini ta’kidlagani, shuningdek, ayrim tuman va shahar hokimlarini ishdan olish haqida ko‘rsatma bergani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют