» » Rossiyada bir sutkada 8595 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda virus qurbonlari soni 6 ming nafardan oshib ketdi

Rossiyada bir sutkada 8595 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda virus qurbonlari soni 6 ming nafardan oshib ketdi


Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 8 595 ta holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning 9-iyun kuni bergan ma’lumotlariga tayanib.

Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 390 kishiga kamdir. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 485 253 kishi koronavirusga chalingan.

So‘nggi sutkada bemorlarning 171 nafari vafot etgan, bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 59 kishiga ko‘pdir. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon COVID-19 qurbonlarining jami soni 6 142 kishiga yetdi.

Shuningdek, sutka davomida bemorlarning 11 709 nafari tuzalgan bo‘lib, sog‘ayganlarning umumiy soni 242 397 kishini tashkil etmoqda.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 236,6 mingta, epidemiya boshlanganidan buyon esa 13,2 millionta test o‘tkazilgan.

Avvalroq Rossiyada yogurt yoki burunga tomiziladigan tomchilar shaklidagi vaksinalar paydo bo‘lishi ma’lum qilingan, rossiyalik shifokor koronavirus kech kuz va erta bahorda paydo bo‘ladigan mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga doir: Rossiya davolanishga va yaqin qarindoshlarini parvarishlashga boradigan xorijliklarga chegaralarini ochmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют