» » Ansu Fati uchun “Barselona”ga qaysi klub 100 mln yevro taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

Ansu Fati uchun “Barselona”ga qaysi klub 100 mln yevro taklif qilgani ma’lum bo‘ldi


“Barselona” hujumkor yarim himoyachi Ansu Fatini “Manchester Yunayted”ga 100 million yevroga sotishdan bosh tortdi. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Bir necha hafta oldin agent Jorje Mendesh katalon klubiga murojaat qilib, 17 yoshli futbolchining narxini so‘ragan. “Barselona” esa Fatining sotilmasligini aytgan holda o‘yinchining tovon puli miqdori 170 million yevro ekanini ma’lum qilgan.

Bir necha kun oldin esa Mendesh “Barselona”ga Fatini 100 million yevroga sotib olish taklifi bilan chiqqan. Premyer Liganing bir nechta klublari yarim himoyachiga qiziqish bildirgandi, ammo faqatgina “Manchester Yunayted” agent tomonidan ma’lum qilingan miqdorni to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Bunday yirik taklif “Barselona” rahbariyatini yig‘ilish o‘tkazishga majbur qildi. Unda Kataloniya klubi prezidenti Xosep Bartomeu Fatini sotmaslik haqida qaror qabul qildi.

Shundan so‘ng “Barselona” Mendeshga Fatining transferi borasidagi takliflarni qabul qilmasligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Fati ushbu mavsumda La Ligada debyut qildi va 16 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют