» » Olimlar koronavirusning olti xil turi dunyo bo‘ylab tarqalayotganini aniqladi

Olimlar koronavirusning olti xil turi dunyo bo‘ylab tarqalayotganini aniqladi


Pensilvaniya universiteti dotsenti Pol Plenet rahbarligidagi AQSh epidemiologlari dunyo miqyosida COVID-19’ga sabab bo‘ladigan koronavirusning 6 xil turi tarqalayotganini aniqladi va bu haqdagi hisobot bioRxiv nashrida e’lon qilingan.

Tadqiqotlar davomida olimlar tomonidan dunyoning turli hududlaridagi koronavirus namunalarining 10,4 mingdan ziyod tuzilmasi o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, CC256 va CC258 guruhi viruslari, asosan, AQShda, CC70 va CC225 guruhi viruslari Yevropada, CC300 guruhi koronavirusi Janubiy Amerikada ham uchrab turibdi.

Plenet va uning hamkasblari tahlillar orqali epidemiya davomida deyarli o‘zgarmagan virus tuzilmalarini ochishga muvaffaq bo‘lgan.

Olimlarning fikricha, ular SARS-CoV-2 koronavirusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tuzilmalarni o‘rganish COVID-19’ga qarshi dori yoki vaksina ishlab chiqarishda asqotadi.

Mavzuga doir:

Avval olimlar tomonidan ayrim bemorlarda COVID-19 kasalligiga qarshi immunitet shakllanayotgani ma’lum qilingan. Bunga T-yordamchi-hujayralarning reaksiyasi sabab ekani va ular avval ma’lum bo‘lgan patogen virusga qarshi harakat qilishi ta’kidlangandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют