» » Ajrashib keyin qayta topishgan mashhur juftliklar

Ajrashib keyin qayta topishgan mashhur juftliklar


Sevgisiga ikkinchi imkon bergan yulduzlar kimligiga to‘xtalamiz.

Jastin va Heyli Biber

Ushbu juftlik o‘rtasida munosabatlar borligi haqida 2016-yildagi paparatsiyalardan keyin ma’lum bo‘lgandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay ularning yo‘li ayri tushgan va bunga Jastinni, sobiq sevgilisi Selena Gomesning do‘stlari davrasida bo‘lgani haqidagi mish-mishlar sabab bo‘lgan. Lekin juftlik, taqdir bo‘lsa yo‘qotilgan yillarning ham ahamiyati yo‘q ekanini isbotladi. Heyli va Jastin 2018-yilda turmush qurgan.

Jiji Hadid va Zeyn Malik

Modellik olamida yaxshi ma’lum bo‘lgan opa-singil Hadidlarning kattasi Jiji nafaqat o‘ziga xos kiyinish uslubi, balki Zeyn bilan ekshnlarga boy munosabatlari sabab ham sariq matbuotda mavzu bo‘lib kelgan. One Direction guruhining sobiq solisti Zeyn Malik va Jiji, 2018-yilda ma’lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra jiddiy xayrlashgan. 2020-yilga kelib esa ularni birgalikda sayr qilib yurgani paparatsiya nishoniga uchragan. Avvalroq bo‘lsa, yulduzli juftlik tez orada farzandli bo‘lishini ma’lum qildi.

Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton

Shahzoda va bo‘lajak malika o‘rtasidagi iliqlik talabalik yillarida boshlangan. To‘rt yil davom etgan munosabatlardan keyin juftlik 2007-yilda xayrlashgan. Keytning gaplariga qaraganda, bu vaqt ichida u o‘zini juda ham baxtsiz his qilgan va shu bilan birga o‘ziga to‘g‘ri xulosalar chiqargan. Uilyam bo‘lsa xato qilganini tushunib yetgan va Middltonning qo‘lini so‘ragan. 2011-yilda turmush qurgan qirollik oilasi vakillari, hozirgi vaqtda uch farzandning baxtli ota-onasi.

Rouz Lesli va Kit Harington

Juftlik o‘rtasidagi munosabatlar ilk marta 2012-yilda boshlangan va oradan uch yil o‘tib nuqta qo‘yilgan. Ammo Rouz va Kit ikki yil o‘tib yarashib olgan va 2017-yilda unashtirilgan, 2018-yilda bo‘lsa turmush qurgan.

Behati Prinslu va Adam Levin

Xonanda va model o‘rtasidagi munosabatlar 2013-yilda poyoniga yetgan, lekin ikki oy o‘tib bir-birisiz yashay olmasligini tushunib yetgan yulduzlar 2014-yilda munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan. Hozirda Behati va Adamning ikki nafar qiz farzandi bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют