» » Floyd Meyvezer tarixdagi eng yaxshi bokschilar beshligini tuzib, 1-o‘ringa o‘zini qo‘ydi

Floyd Meyvezer tarixdagi eng yaxshi bokschilar beshligini tuzib, 1-o‘ringa o‘zini qo‘ydi


Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer barcha davrlarning eng yaxshi jangchilari ro‘yxatini tuzdi.

“U (Meyvezer o‘zi haqida uchinchi shaxsda gapirmoqda — tahr.) kam jang o‘tkazishiga qaramay, boshqa bokschilarga qaraganda, ko‘proq Jahon chempionlarini mag‘lubiyatga uchratgan.

U zarbalar bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega va shu bilan birga himoyada ham eng kam talafot ko‘rgan bokschi hisoblanadi. U besh vazn toifasida 18 yil davomida Jahon chempioni bo‘lgan.

Ali (Muhammad Ali) afroamerikaliklar hali bir-birlarini himoya qilmayotgan davrda bu chiziqni kesib o‘tgan.

Ammo agar kim kamroq talafot ko‘rgani va ko‘proq rekord o‘rnatgani haqida gapiradigan bo‘lsak, shubhasiz, bu Floyd Meyvezer”, — deydi Meyvezer o‘zi haqida.

Meyvezerning top-5 ligi quyidagicha:

— Floyd Meyvezer;

— Roberto Dyuran;

— Pernell Uitaker;

— Xulio Sezar Chaves;

— Muhammad Ali.

Ma’lumot o‘rnida, Floyd Meyvezer professional faoliyati davomida 50 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba (27 nokaut) qozongan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют