» » Birmingemda Konor Makgregor haqida gapirayotgan vaqtida Floyd Meyvezerning mashinasi yoqib yuborildi

Birmingemda Konor Makgregor haqida gapirayotgan vaqtida Floyd Meyvezerning mashinasi yoqib yuborildi


Noma’lum bezorilar besh vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan bokschi Floyd Meyvezerning miniveniga o‘t qo‘ydidi va shu onning o‘zidayoq ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, deb yozdi “Sports.ru”.

Buyuk Britaniyadagi savdo markazlarining birida Meyvezer muxlislari bilan uchrashib turgandi. The Sun nashrining oydinlik kiritishicha, Floyd mashinasiga o‘t qo‘yilayotgan vaqtda Konor Makgregor haqida gapirayotgan bo‘lgan. Gazeta sahifasida Birmingem ko‘chasida yonib ketgan miniven surati ham aks etgan.

Bokschilik faoliyatini yakunlab, Meyvezer sayohatlarga mukkasidan ketgandi. Uning Britaniyaga tashrifi 2-mart kuni Lesterdan boshlangan bo‘lib, tur davomida bokschi bir qator shaharlarni aylanishi kerak edi. Mazkur voqeadan keyin Floydning Londonga borish rejasida o‘z kuchida qoladimi yoki yo‘q — aniq emas.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют