» » Kogon dehqon bozori qurilishida 593 mln so‘m talon-toroj qilingani fosh bo‘ldi

Kogon dehqon bozori qurilishida 593 mln so‘m talon-toroj qilingani fosh bo‘ldi


Kogon shahrida katta miqdordagi pulni soxta ma’lumotlar tuzish orqali o‘zlashtirgan va talon-toroj qilgan firma faoliyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida “S.Q.” unitar korxonasi sobiq rahbari M.Q. “Sohibkor dehqon bozori” MChJda qurilgan savdo do‘konlari uchun to‘lovlar to‘liq to‘langanligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni tuzish orqali fuqarolar nomiga savdo do‘koniga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni olishga erishib, “S.Q.” manfaatlariga 593,4 million so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют