» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3600 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3600 nafardan oshdi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 50 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafardan, jami 79 nafar bemor 11-iyun kuni sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 34 nafari erkak, 16 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 69 yoshda, yoshi kichigi 2020-yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 12 nafar, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan 6 nafardan, Samarqand viloyatidan 5 nafar, Farg‘ona viloyatidan 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Xorazm viloyatlaridan 2 nafardan, Navoiy, Jizzax viloyatlari va Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 69 yoshda, yoshi kichigi 2019-yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, Surxondaryo viloyatidan 5 nafar, Toshkent shahridan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 3 nafar, Xorazm va Toshkent viloyatidan 2 nafardan, Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 44 yoshda, yoshi kichigi 24 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent viloyatidan 3 nafar, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar, Andijon, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan.

3-sonli tug‘ruq majmuasida shifo topgan 1 nafar 28 yoshli ayol esa Toshkent viloyati Parkent tumanidan. Shunday qilib, endilikda Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1670 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘aygan fuqaro 41 yoshli erkak bo‘lib, shu bilan ushbu hududda tuzalganlar 134 nafarga yetdi, davolanayotganlar esa 2 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan avval O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 3532 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endilikda ular soni 3611 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 11-iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra 4717 nafarni tashkil etmoqda. Virus asoratlaridan 19 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют