» » Jo Bayden Trampga harbiy to‘ntarish bilan tahdid qildi

Jo Bayden Trampga harbiy to‘ntarish bilan tahdid qildi


AQSh sobiq vitse-prezidenti va prezidentlik saylovlariga Demokratlar partiyasidan nomzod sifatida qaralayotgan Jo Bayden Donald Tramp saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortsa, uni harbiy to‘ntarish kutayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi CNN.

Intervyu davomida jurnalistlar Baydendan Tramp prezidentlik saylovlarida yutqazsa, lekin lavozimdan ketishni istamasa nima bo‘lishi haqida so‘ragan. Bunga javoban sobiq vitse-prezident harbiylar yordamga kelishini ma’lum qilgan. “Mutlaqo ishonchim komilki, uni tezda Oq uydan kuzatib qo‘yishadi”, — deya ta’kidlaydi Bayden.

Avvalroq AP agentligi Bayden Demokratlar partiyasi nomidan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun yetarlicha ovoz to‘plaganini ma’lum qilgandi. Dastlabki ovoz berish natijalariga ko‘ra, Baydenni 1993 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan. Saylovlarning birinchi turida ishtirok etish uchun nomzod kamida 1991 ovozga ega bo‘lishi kerak.

Aprel oxirlarida Tramp AQSh prezidentligiga saylovlar sanasi ko‘chirilishiga oid savollarga javob berib, saylovlar ko‘chirilmasligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: AQSh prezidentligiga nomzod Jo Baydenning sobiq xodimasi uni jinsiy tegajog‘likda aybladi

Eslatib o‘tamiz, 77 yoshli Jozef Bayden AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan yagona nomzod sanaladi. Uning nomzodi 2020-yil avgust oyida partiya syezdida rasman ilgari surilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют