» » Sirdaryoning toshqin ostida qolgan hududlarida 3,2 mlrd so‘mlik nafaqa pullari tarqatildi

Sirdaryoning toshqin ostida qolgan hududlarida 3,2 mlrd so‘mlik nafaqa pullari tarqatildi


Sirdaryo viloyatining 1-maydagi suv toshqinidan talafot ko‘rgan hududlarida yo‘qolgan 7002 ta hujjat tiklandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqovning ma’lum qilishicha, mazkur tadbir IIB, Kasbiy ta’limni rivojlantirish boshqarmasi hamda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshirilgan.

Qayd etishlaricha, nafaqa oluvchi fuqarolarga ham o‘z vaqtida nafaqa to‘lovlarini yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Iyun oyi uchun 4507 nafar fuqaroga 3,2 milliard so‘mdan ortiq nafaqa to‘lovlari topshirilgan.

“4710 nafar fuqaroga toshqin oqibatida zarar ko‘rgan xonadon egalariga tovon to‘lovlari tushirish uchun yangi plasitik kartalari ochib berildi. Bundan tashqari, 306 nafar yo‘qolgan plastik kartalar qayta tiklangan”, — dedi FVV vakili.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Suv toshqini oqibatida 4435 ta xonadon talafot ko‘rgan. Ulardan 2390 tasi yaroqsiz holga kelgan, 2045 tasi esa ta’mirtalab holatda. Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan. Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida 37 ta 1480 xonadonli; Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 20 ta 800 xonadonli va “Navbahor” mahallasida 9 ta 360 xonadonli ko‘p qavatli turar joy qurilish ishlari boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют