» » Sirdaryodagi suv toshqini ostida qolgan hududlarda qancha maydonga zarar yetgani ma’lum qilindi

Sirdaryodagi suv toshqini ostida qolgan hududlarda qancha maydonga zarar yetgani ma’lum qilindi


Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida 1-may, juma kuni yuz bergan suv toshqini oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32 381 gektar yer maydoni talafot ko‘rgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov 8-may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, toshqin 10 ta mahalla, 23 ta aholi punkti hududidagi 4711 ta turar va 277 ta noturar joy obyektiga, 30 718 gektar ekin maydonlariga zarar yetkazgan.

Hozirgi kunda Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari va Milliy gvardiya tomonidan 17 000 nafarga yaqin shaxsiy tarkib, 2500 dan ortiq texnika, 300 ga yaqin motopompa yordamida toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Video: Sardoba suv omboridagi falokatning bartaraf etilish jarayoni

Shuningdek, toshqin oqibatida nobud bo‘lgan uy hayvonlarini yig‘ish va zararsizlantirish ishlari FVV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va ularning Sirdaryo viloyati bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Xususan, Sardoba tumanining Do‘stlik, Qo‘rg‘ontepa, Yurtdosh aholi punktlarida jami 743 bosh, Oqoltin tumani aholi punktlarida jami 551 bosh, Mirzaobod tumanidagi aholi punktlarida jami 1330 bosh nobud bo‘lgan hayvonning jasadi ko‘mish yo‘li bilan zararsizlantirilgan.

Mavzuga doir: Sirdaryoda suv toshqinidan so‘ng 7,5 mingdan ortiq xonadonning gaz, 10 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti tiklandi

Bundan tashqari, talafot ko‘rgan hududlarda hamda viloyat bo‘yicha 12 485 ta turar joyda, 748 ta savdo shoxobchasida, 304 ta ma’muriy binoda, 31 ta bozorda, 540 ta ko‘chada dezinfeksiya ishlari o‘tkazilgan.

Ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida talafot ko‘rgan tumanlardan 6086 tonna chiqindi va 13 620 tonna toshqin suvi olib chiqib ketilgan.

Shu bilan birga, suv toshishi oqibatida talafot yetgan avtomobil yo‘llari, elektr va gaz tarmoqlarida ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda.

Mobil aloqa kompaniyalari tomonidan zarar ko‘rgan hududlardagi 14 ta bazaviy stansiyaning faoliyati qayta tiklangan. Toshqindan zarar ko‘rgan 2455 ta kadastr hujjatining dublikatlari tayyorlagan.

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan; hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaroning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi.

Voqea yuz bergan kuniyoq Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga yetib bordi. U suv toshqini oqibatlarini ko‘zdan kechirdi, ofatdan jabrlangan aholi bilan muloqotda bo‘ldi, sharoit yaxshilanmagunicha hech bir rahbar hech qayerga ketmasligini ta’kidladi. Allaqachon qayta tiklanishi boshlangan to‘g‘onni bir necha bor borib ko‘rdi, ish jarayoni bilan tanishdi. To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют