» » Konstantin Szyu Habib Nurmagomedovning kamchiligi nimada ekanini aytdi

Konstantin Szyu Habib Nurmagomedovning kamchiligi nimada ekanini aytdi


Boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Konstantin Szyu yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov va MMA sport turi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning ta’kidlashicha, Nurmagomedovda kamchiliklar bor va Habib ularning ustida ishlashi kerak.

“U qo‘lini ko‘tarishi kerak, qo‘l bilan ishlashini kuchaytirsa — hammasi ajoyib bo‘ladi”, — deydi sobiq bokschi.

Shuningdek, Szyu UFC 252 musobaqasida o‘ta yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun Joze Aldoga qarshi jangga chiqadigan rossiyalik yakkakurashchi Petr Yanni tanimasligini aytdi.

“Bajonidil uning ishtirokidagi janglarni kuzatib boraman. Hozirgacha ko‘rmaganman. Men odatda bu sport turini kuzatmayman. Nazarimda yotgan odamga hatto qo‘l bilan zarba berish noto‘g‘ri. Bu sport turida esa yerdagi raqibni tepish ham mumkin”, — deya qo‘shimcha qiladi Szyu.

Eslatib o‘tamiz, Petr Yan bir necha yil boks bilan shug‘ullangan va intervyularida Szyuning muxlisi ekanligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют