» » “Qizilqum” klubiga 3 oy rahbarlik qilgan Hasan Ro‘ziyev lavozimidan ketdi. U bundan oldin “Surxon”da 2 oy ishlagandi

“Qizilqum” klubiga 3 oy rahbarlik qilgan Hasan Ro‘ziyev lavozimidan ketdi. U bundan oldin “Surxon”da 2 oy ishlagandi


Navoiyning “Qizilqum” futbol klubi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi.

Klub matbuot xizmatining “Daryo” muxbiriga tasdiqlashicha, Hasan Ro‘ziyev “Qizilqum” prezidenti lavozimini tark etgan. Qayd etish joiz, avval hakam sifatida faoliyat olib borgan Ro‘ziyev 2020-yil 6-mart kuni klub rahbariga aylangandi. Uning nima sababdan klubdan ketgani ochiqlanganicha yo‘q. Shuningdek, uning o‘rniga kimning rahbar bo‘lgani ham hozircha aniq emas.

Eslatib o‘tish kerak, Hasan Ro‘ziyev “Qizilqum”ga kelgunga qadar “Surxon” klubida ham ishlagandi. U 2020-yil yanvarida “Surxon” bosh direktoriga aylangan va oradan ikki oy o‘tib ishdan ketgandi.

Ma’lumot uchun, biroz muddat avval “Qizilqum” jamoasida bosh murabbiy ham almashdi. Jamoani boshqarib kelgan Hamid Aktamov o‘rniga taniqli mutaxassis Tachmurod Agamurodov bosh murabbiy etib tayinlandi.

“Daryo” manbasiga ko‘ra, Hamid Aktamov endilikda klub bosh menejeri sifatida faoliyat olib boradi.

“Qizilqum” joriy mavsum Superliganing dastlabki 3 ta turida atigi 1 ochko olishga erishdi. Navoiyliklar Superliga 4-turini 13-iyun kuni Olmaliqning OKMK klubiga qarshi o‘tkazadi.

Diyor Imomxo‘jayev: Superligada “ko‘chmanchi futbolchilar” sezilarli darajada kamayadi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют