» » Superliga sobiq bosh hakami “Surxon”ga bosh direktor bo‘ldi

Superliga sobiq bosh hakami “Surxon”ga bosh direktor bo‘ldi


O‘zbekiston chempionatida bosh hakam sifatida faoliyat olib borgan, endilikda sobiq hakam Hasan Ro‘ziyev “Surxon” klubiga bosh direktor etib tayinlandi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Hasan Ro‘ziyev zimmasiga “Surxon” jamoasini nufuzini yanada ko‘tarish, yosh iqtidorlarga e’tibor qaratish vazifasi yuklatilgan.

Qayd etish joiz, Ro‘ziyev uchun 2019-yilgi Superliga mavsumi so‘nggisi bo‘lib qolgan. U hakamlik faoliyatini yakunlagan. Ma’lum bo‘lishicha, Ro‘ziyev Superliganing ortda qolgan mavsumida 13 ta o‘yinni boshqargan. Faoliyatidagi so‘nggi bahs esa “Dinamo”—“Surxon” (2:1) uchrashuviga to‘g‘ri kelgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2020, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют