» » Rasman: “Surxon” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov iste’foga chiqdi

Rasman: “Surxon” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov iste’foga chiqdi


“Surxon” jamoasini deyarli bir oy davomida boshqarib kelgan mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Surxon” rahbariyati mutaxassisning keyingi faoliyatiga omad tilagan.

Eslatib o‘tamiz, Ashurmatov 27-iyun kuni mazkur lavozimga tayinlangandi.

U bunga qadar “Buxoro” jamoasini boshqarib kelayotgandi.

Qayd etish lozim, Ashurmatov o‘tgan mavsumda OKMK klubi bilan O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, 31-iyul kuni O‘zbekiston Superligasi 15-tur doirasida “Bunyodkor” bilan bo‘lib o‘tadigan bahsga jamoani “Surxon” yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Andreyev maydonga olib tushadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют