» » Andijonda Polshaga ishga jo‘natishni va’da qilib, fuqarolar pullarini o‘zlashtirgan korxona mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Andijonda Polshaga ishga jo‘natishni va’da qilib, fuqarolar pullarini o‘zlashtirgan korxona mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Andijon viloyatining Izboskan tumanida fuqarolarni Polshaga ishga jo‘natishni va’da qilib, pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan korxona faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Izboskan tuman bo‘limi tomonidan fuqarolar U.K. va M.A.ning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida fuqaro A.T. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida Legal help servis MChJ tashkil etib, bir necha fuqarolarni aldab, ishonchiga kirib, ularni Polsha davlatiga 4 oy muddatda ishga yuborishini aytib, 5150 dollar va 12,6 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Holat yuzasidan A.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi saytidagi xususiy bandlik agentliklari reyestrida Legal help servis MChJ nomi qayd etilmagan. Qonun talabiga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ish bilan ta’minlash faoliyati bilan shug‘ullanish uchun maxsus litsenziya talab etiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritilishi haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun 2018-yil oktabr oyida kuchga kirgan.

Xususiy bandlik agentliklari muammosi 2019-yil dekabrida Oliy Majlis Senatida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Xususan, senator Farrux Dadaxo‘jayev migrantlarning mablag‘larini himoya qilish mexanizmi yo‘qligi uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini tanqid qilib, agentliklar bilan bank hisob-kitoblarini akkreditiv asosda olib borishni taklif qilgan edi.

O‘z navbatida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunga o‘zbekistonliklarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha vijdonsiz xizmat ko‘rsatilishidan himoya qila oladigan tuzatishlarni kiritish niyatini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют