» » Navoiyda 23 kunlik chaqalog‘ini 3 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish ochildi

Navoiyda 23 kunlik chaqalog‘ini 3 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish ochildi


Navoiyda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi ayol tug‘ilganiga hali bir oy ham bo‘lmagan chaqalog‘ini sotishga uringan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

22 yoshli N.Y. 2020-yil 3-iyun kuni taxminan soat 15:30 larda farzandini Navoiy shahrida yashovchi N.I.ga 3 million so‘mga sotishga kelishgan. U chaqalog‘ini sotib, kelishilgan pullarni Navoiy shahridagi “Navoiy” jome masjidi yonida olgan vaqtida tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

N.Y.ga nisbatan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avval Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli farzandini 15 ming dollarga pullayotgan ayol qo‘lga olingani, Xorazmda 2 yoshli farzandini 7 700 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushgani hamda Navoiyda 3 oylik bolasini 3 xonali uyga almashtirayotgan ayol va uning otasi jinoyat ustida ushlangani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют