» » Tayson Fyuri va Entoni Joshua ikkita jang uchun qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi

Tayson Fyuri va Entoni Joshua ikkita jang uchun qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren mijozi va Entoni Joshuaning (WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi) ikkita jangdan qancha daromad topishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Ular birinchi jang uchun 60-70 million dollar olishi mumkin, agar revansh jangi ham 2021-yilda o‘tkazilsa, bu ikki hissaga ko‘payadi. Biroq hozircha hech narsa kelishilmagan, bizda shartnoma yo‘q”, — deydi Uorren.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fyuri va Joshua 2021-yilda ikkita jang o‘tkazishga kelishib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Joshua oxirgi jangida 2019-yilning 7-dekabr sanasida Endi Ruisni (revansh jangi) mag‘lub etib, chempionlik kamarini qaytarib olgandi. Fyuri esa 2020-yilning fevral oyida Deontey Uaylder ustidan g‘alaba qozonib, WBC kamarini qo‘lga kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют