» » Zarruh Adashev UFC’dagi ilk jangidagi mag‘lubiyat haqida: “Hech qanday bahona yo‘q. Yutqazdim”

Zarruh Adashev UFC’dagi ilk jangidagi mag‘lubiyat haqida: “Hech qanday bahona yo‘q. Yutqazdim”


UFC’da debyut qilgan o‘zbekistonlik MMA ustasi Zarruh Adashev Tayson Nemga qarshi jangdagi mag‘lubiyatdan so‘ng fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Hech qanday bahona yo‘q. Zarba o‘tkazib yubordim va yutqazdim. U bilan to‘la 3 raundlik jang o‘tkazish uchun menda hech qanday imkoniyat yo‘q edi. Chunki janggacha deyarli mashg‘ulot ham o‘tkazmagandim. 50 ga 50 edi. Xato meniki. Tayson uchun qulay raqib edim. U ham men kabi “strayker” edi. Murabbiylarim va kimning ishonchini bugun oqlay olmagan bo‘lsam, ularning barchasidan uzr so‘rayaman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat, kuchli bo‘lib qaytaman, albatta”, — deydi Zarruh Adashev.

Eslatib o‘tamiz, Zarruh 14-iyun tongida Las-Vegasda tashkil etigan UFC’ning navbatdagi musobaqasi doirasida amerikalik Tayson Nemga qarshi oktagonga chiqib, 1-raundning 32-soniyasida nokautga uchradi.

Shu tariqa Adashevning UFC’dagi debyuti omadsiz chiqdi.

Ma’lumot uchun, Zarruh UFC’ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. MMA’dagi natijasi esa Nemga qadar shunday edi: to‘rtta jang, uchta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat. Samarqandlik 27 yoshli sportchi MMA’ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют