» » AQSh Mudofaa vaziri Suriya kimyoviy qurol saqlab qolgan, deya hisoblamoqda

AQSh Mudofaa vaziri Suriya kimyoviy qurol saqlab qolgan, deya hisoblamoqda


Suriya mamlakat hududidan kimyoviy qurolni chiqarib yuborish bitimiga qaramasdan, u o‘zida kimyoviy qurol saqlayotganiga AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettisning ishonchi komil. Mettis Tel-Avivda Isroil Mudofaa vaziri Avigdor Liberman bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng shunday ayblov bilan chiqdi, deb xabar berdi “TASS”.

“Mavjud bitimlarni buzgan holda hamda mamlakatdan kimyoviy qurolni to‘liq chiqarib yuborish e’loniga qaramasdan, Suriya o‘zida kimyoviy qurol saqlab qolganiga shubha yo‘q”, — deydi Mettis.

AQSh va boshqa G‘arb mamlakatlari 4-aprel kuni Suriyaning Idlib viloyatida yuz bergan kimyoviy hujumda rasmiy Damashqni ayblab chiqqan edi.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari 6-aprel kuni O‘rtayer dengizidagi Amerika kemalaridan Suriyaning Xoms viloyatidagi Shayrat aerodromiga qarata 59 ta qanotli raketalar uchirgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют