» » Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 ming kishiga oshdi, Tojikistonda esa 5 mingga yaqinlashmoqda

Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 ming kishiga oshdi, Tojikistonda esa 5 mingga yaqinlashmoqda


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 258 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 1,8 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 14 496 kishiga yetgan. Hozirga qadar 9056 kishi sog‘aygan, 73 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 4402 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston 20-iyundan boshlab xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

Qirg‘izistonda 14-iyun holatiga ko‘ra, yana 78 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 50 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Kasallanish bo‘yicha yangi qayd etilgan holatlar orasida 9 nafar tibbiyot xodimi ham bor.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2286 kishiga yetdi, ularning 27 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1791 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda statsionarlarda 468 bemor davolanmoqda.

Mavzuga doir: Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlari ochiladigan bo‘ldi

Afg‘onistonda 14-iyun holatiga ko‘ra, yana 656 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 101 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan bir sutka davomida poytaxt Kobul shahrining o‘zida 253 kishida koronavirus aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 451 kishiga yetdi, hozirga qadar 4201 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bugungi kungacha koronavirusga qarshi 54,7 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4971 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan bir sutka davomida yana 69 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 96 kishiga shifoxonadan javob berilgan bo‘lib, hozirda Tojikistondagi tibbiyot muassasalarida 661 kishi davolanmoqda.

Mamlakatda hozirga qadar 49 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 3288 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Tojikistonga yana bir insonparvarlik yordamini yubordi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют