» » Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 22 ming kishidan oshdi, Tojikistonda esa 4,8 mingga yaqinlashmoqda

Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 22 ming kishidan oshdi, Tojikistonda esa 4,8 mingga yaqinlashmoqda


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 239 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 1,8 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 13 558 kishiga yetgan. Hozirga qadar 8345 kishi sog‘aygan, 67 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 2529 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. 

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yubordi

Qirg‘izistonda 11-iyun holatiga ko‘ra, yana 36 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 17 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2129 kishiga yetdi, ularning 26 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1630 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda 11-iyun holatiga ko‘ra, yana 684 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 22 143 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 405 kishiga yetdi, hozirga qadar 2975 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bugungi kungacha koronavirusga qarshi 50,6 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4763 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan bir sutka davomida yana 73 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda hozirga qadar 48 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 2947 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют