» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 13 ming kishidan, Tojikistonda esa 4,6 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 13 ming kishidan, Tojikistonda esa 4,6 ming kishidan oshdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 215 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 1,7 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 13 074 kishiga yetgan. Hozirga qadar 7737 kishi sog‘aygan, 58 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 1696 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yubordi

Qirg‘izistonda 9-iyun holatiga ko‘ra, yana 23 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 6 nafari Bishkek shahrida aniqlangan bo‘lsa, 2 nafari Chuy viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, O‘sh shahrida — 4 kishida, O‘sh viloyati — 3 kishi, Jalolobod viloyati — 3 kishida COVID-19 aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2055 kishiga yetdi, ularning 24 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1483 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda 9-iyun holatiga ko‘ra, yana 575 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 20 917 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 369 kishiga yetdi, hozirga qadar 2171 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bugungi kungacha koronavirusga 47 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

Koronavirus tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4609 kishiga yetgan.

Mamlakatda hozirga qadar 48 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 2763 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 milliondan oshdi

O‘zbekistonda 9-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 4448 nafarga yetdi. Hozirda O‘zbekiston bo‘yicha 1073 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda — ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ma’lumot uchun, shu vaqtgacha bemorlarning 3357 nafari sog‘aygan, 18 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют