» » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 13 319 kishiga, Qirg‘izistonda esa 2093 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 13 319 kishiga, Qirg‘izistonda esa 2093 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 245 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 1,9 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 13 319 kishiga yetgan. Hozirga qadar 8015 kishi sog‘aygan, 61 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 1696 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yubordi

Qirg‘izistonda 9-iyun holatiga ko‘ra, yana 38 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 19 nafari Bishkek shahrida hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2093 kishiga yetdi, ularning 26 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1572 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda 10-iyun holatiga ko‘ra, yana 542 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 21 459 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 384 kishiga yetdi, hozirga qadar 2651 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bugungi kungacha koronavirusga 49,5 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Mamlakatda hozirga qadar 48 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 2815 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4690 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan bir sutka davomida yana 81 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda hozirga qadar 48 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 2815 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

10-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4547 nafarni tashkil etmoqda. Hozirga qadar mamlakatda 3459 nafar bemor sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют