» » “O‘zkomnazorat”: O‘zbekistonliklarga xorij raqamlaridan qilingan shubhali qo‘ng‘iroqlar ortida firibgarlar turgan bo‘lishi mumkin

“O‘zkomnazorat”: O‘zbekistonliklarga xorij raqamlaridan qilingan shubhali qo‘ng‘iroqlar ortida firibgarlar turgan bo‘lishi mumkin


12-iyun kuni Facebook’da ko‘plab o‘zbekistonliklar o‘zlariga turli xorij telefon raqamlaridan qisqa qo‘ng‘iroq bo‘lgani haqida postlar qoldirdi. “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi mazkur qo‘ng‘iroqlar xorijdagi firibgarlar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan va ularga qayta qo‘ng‘iroq qilmaslikni tavsiya etgan.

Inspeksiya axborot xizmatining yozishicha, koronavirus pandemiyasi davrida mobil aloqa operatorlarining xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarni firibgarlik yo‘li bilan aldab, ularning hisob raqamlaridan pul yechib olish holatlari uchragan.

Jumladan, “Vangiri” firibgarligi, ya’ni xorij raqamidan qisqa qo‘ng‘iroq qilib, abonent ushbu raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilganidan keyin uning hisobidan katta mablag‘ yechib olish holatlari kuzatilgan. Firibgarlar abonentga qo‘ng‘iroq qilgach, u javob berishga ulgurmasidan aloqani uzib qo‘yadi. Ayrim odamlar esa xorijdan qo‘ng‘iroq qilingan va o‘tkazib yuborilgan begona raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilish oqibatida ularning hisobidan mablag‘ yechib olinadi.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, mobil aloqa operatorlari karantin davrida plastik kartalarni elektron tizimlar orqali boshqarilishida uchragan shubhali harakatlarni monitoring qilib, firibgarlikning oldini olish borasida tegishli choralar ko‘rmoqda.

Inspeksiya bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun begona xorij raqamidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va u o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, o‘sha raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilmaslik, plastik karta raqami, pasport seriyasi va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga oshkor qilmaslik, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni tavsiya qilgan.

Shuningdek, “Vangiri” so‘zi yapon tilidan olingani, kiberfiribgarlik usullaridan biri hisoblanishi, bunda firibgarlar turli usullar bilan abonentni pulli raqamga (premium-rate number) qo‘ng‘iroq qilishga majbur qilib, uning hisobidan mablag‘ yechib olishi haqida ham axborot berilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют