» » Kyellini Ronaldu haqida: “Sizda shunday chempion bo‘lsa-yu, undan foydalana olmasangiz, bu — sharmandalik”

Kyellini Ronaldu haqida: “Sizda shunday chempion bo‘lsa-yu, undan foydalana olmasangiz, bu — sharmandalik”


“Yuventus”ning 35 yoshli himoyachisi Jorjio Kyellini jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Yaxshiyamki, u hozir mening jamoadoshim. Ronaldu boshqa darajadagi o‘yinchi, buni uning o‘yinida ko‘rishingiz mumkin. Ronalduning “Yuventus”ga o‘tishi klubga ko‘p narsa berganini tan olish to‘g‘ri deb o‘ylayman. Agar sizda bunday chempion bo‘lsa-yu, lekin undan ko‘proq foydalana olmasangiz, bu — sharmandalikdir”, — deydi Kyellini.

Eslatib o‘tamiz, Jorjio Kyellini 2005-yildan beri “Yuventus” tarkibida o‘ynab keladi. U Turin klubida jami 509 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol urgan va 20 ta golga assistentlik qilgan.

Ronaldu esa 2018-yilning yozida 117 million yevro evaziga “Real”dan Turin klubiga ko‘chib o‘tgan. U joriy mavsumda A Seriyaning 22 o‘yinida o‘z hisobiga 21 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ydi. Portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют