» » O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati biroz pasayadi

O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati biroz pasayadi


O‘zbekistonga 16-iyundan Volgabo‘yi tumanlaridan salqin havo oqimi kira boshlaydi. “O‘zgidromet”ning xabar berishicha, bu havo oqimi butun ish haftasi davomidagi ob-havoni belgilaydi.

Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 16—17-iyun kunlari tog‘li hududlardagi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

16—17-iyunda respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.

16-iyunda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi. Respublikaning qolgan hududlarida issiq ob-havo saqlanib turadi, kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq, janubda va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi.

17—19-iyun kunlari salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi, harorat qulay ko‘rsatkichlargacha pasayadi, kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq atrofida bo‘ladi, bunday harorat me’yorga yaqindir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют