» » Superliga. “Andijon” “Buxoro”ga qarshi 4 ta gol urilgan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)

Superliga. “Andijon” “Buxoro”ga qarshi 4 ta gol urilgan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turida “Buxoro” klubi o‘z maydonida 15-iyun, dushanba kuni “Andijon”ga qarshi saf tortdi.

Buxorodagi maydonning chimi almashtirilayotgani uchun uchrashuv Muborakdagi “Bahrom Vafoyev” stadionida o‘tkazildi. Nominal mezbon maqomidagi buxoroliklar dastlabki daqiqalardan boshlab ustunlikni o‘z tomonlariga og‘dirib oldi va Jasur Hakimovning goli evaziga hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim tugashiga bir daqiqa qolganda esa “Buxoro” darvozasi tomon penalti belgilandi. 11-metrlik zarbani Jamshid Hasanov golga aylantirdi. Birinchi taymda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi va jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi.

O‘yinning 54-daqiqasida yana bir bor Jamshid Hasanov penaltidan gol kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2. Shundan so‘ng buxoroliklar mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun hujum qilishdan to‘xtamadi va qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘ngida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu vazifani esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Behruz Sa’dullayev uddaladi.

Natijada “Buxoro” mavsumdagi birinchi ochkosini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Andijon” esa navbatdagi durangni qayd etdi. Har ikkala jamoa ham musobaqa jadvalining so‘nggi qatorlaridan o‘rin (“Andjion” — 12-o‘rin, “Buxoro” esa 13-o‘rin) egallab turibdi.

Superliga

4-tur bahsi

15-iyun, dushanba

“Buxoro” – “Andijon” 2:2

Gollar: 1:0 – 21 Hakimov, 1:1 – 44 Hasanov (pen.), 1:2 – 55 Hasanov (pen). 2:2 – 90+4 Sa’dullayev.

“Buxoro”: Shohjahon Nasimov, Mirjalol Jumayev, Suhrob Ne’matov (Zoxir Pirimov, 60), Jasurbek Hakimov, Jasur Hasanov, Behruz Shodmonov, Abror Xusinov (Bobirjon Amanov, 76), Ergash Ismoilov, Azizbek Amonov (Abbos Jumaqulov, 82), Boburbek Farhodov, Izzat Abdullayev (Behruz Sa’dullayev, 82).

“Andijon”: Aslonbek Ahrorov, Azamat Isroilov, Farhod Mirahmatov (Qahramon Bahodirov, 71), Xushnudbek Avilov, Jamshid Hasanov (Muhammadali Yuldoshev, 81), Farhodbek Bekmurodov, Artyom Litvyakov (Timur Usmanov, 57), Mishel Ibe (Jahongir Abdumuminov, 57), Abdullo Olimov (Siroj Meliyev, 81), Usmonali Ismonaliyev, Dmitro Zozulya.

Ogohlantirishlar: Farhodov (33), Shodmonov (50), Hakimov (53), Usmanov (60).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют