» » 2 ta penalti, 2 ta avtogol. “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Dinamo”ni yuta olmadi

2 ta penalti, 2 ta avtogol. “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Dinamo”ni yuta olmadi


15-iyun, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” klubi Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Bobur Qosimov o‘z darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 23 va 28-daqiqalarda samarqandliklar vakili Jasur Azimov raqib darvozasiga penaltidan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida “Dinamo”ning boshqa bir a’zosi Mirkomil Loqayev ham avtogol muallifiga aylandi (2:2).

Shu tariqa “Qo‘qon-1912” o‘z uyida “Dinamo” bilan durang o‘ynadi.

Mazkur o‘yindan so‘ng Samarqand klubi ochkolari sonini 15 ta yetkazib, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Qo‘qonliklar esa 7 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Superliga

11-tur bahslari

15-iyun, shanba

Gollar: 1:0 — 21, avtogol, Bobur Qosimov, 1:1 — 23, penalti, Jasur Azimov, 1:2 — 28, penalti, Jasur Azimov, 2:2 — 46, avtogol, Mirkomil Loqayev

“Qo‘qon-1912”: Sarvar Karimov, Muhammadanas Hasanov (Shahboz Erkinov, 61), Quvondiq Ro‘ziyev (Behruz Sadullayev, 72), Avaz Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Suhrob Berdiyev, Iqboljon Malikjonov, Temur Usmonov (Javohir Esonqulov, 46), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov

“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Loqayev, Hakimxon A’lamxonov, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmatov (Amir Safarov, 46), Bobur Qosimov, Damir Temirov (Siroj Hamroyev, 70), Sardorbek Eminov (Nizom Norov, 90), Jasurbek O‘rinov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Shoxruh Abdurahmonov

Ogohlantirishlar: Hakimxon A’lamxonov (32), Oybek Rustamov (40), Shoxruh Abdurahmonov (58), Marko Milich (58)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют