» » Toshkentda baholarini qo‘ydirib berish evaziga 150 dollar pora talab qilgan kollej o‘qituvchisi ushlandi

Toshkentda baholarini qo‘ydirib berish evaziga 150 dollar pora talab qilgan kollej o‘qituvchisi ushlandi


Toshkent shahridagi Yunusobod dizayn kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi 100 AQSh dollari va 500 ming so‘m pulni pora sifatida olayotganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.A. ismli kollej o‘qituvchisi 3-kurs talabasidan baholarini qo‘ydirib berish va diplomini olib berish evaziga 100 dollar va 500 ming so‘m talab qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 1-qismi va 28, 211-moddasi (“Jinoyat ishtirokchilarining turlari”, “Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 14) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют