» » O‘zbekistonda “sariq” va “yashil” hududlardagi poyezd qatnovi vaqtlari haqida rasmiy ma’lumot berildi

O‘zbekistonda “sariq” va “yashil” hududlardagi poyezd qatnovi vaqtlari haqida rasmiy ma’lumot berildi


2020-yil 15-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan hududlar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda 7 ta yo‘nalishda poyezdlar qatnovini qayta tiklashga ruxsat berildi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati ruxsat berilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bosqichma-bosqich poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishni boshlagan.

Harakat jadvaliga ko‘ra:

15-iyundan boshlab Toshkent—Termiz—Toshkent yo‘nalishidagi 80/79-raqamli yo‘lovchi poyezdlari soat 19:30 da Toshkent janubiy vokzali hamda soat 18:57 da Termiz vokzalidan yura boshlagan;

Toshkent—Nukus—Toshkent yo‘nalishidagi 54/53-raqamli yo‘lovchi poyezdlari soat 14:16 da Toshkent janubiy vokzali hamda soat 16:12 da Nukus vokzalidan harakatlangan;

Toshkent—Xiva—Toshkent yo‘nalishidagi 56/55-raqamli yo‘lovchi poyezdlari soat 21:00 da Toshkent Janubiy vokzali hamda soat 16:05 da Xiva vokzalidan har kuni harakatni amalga oshiradi.

Shuningdek, Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari ham yo‘lga qo‘yilgan.

Kompaniya matbuot xizmatining qayd etishicha, harakati qayta tiklangan poyezdlarga chiqishda yo‘lovchilar orasida o‘rnatilgan tartib-qoidalarga, vokzallar hamda sanitariya-epidemiologiya markazi xodimlarining talablariga bo‘ysunmaslik holatlari ham uchragan.

“Fursatdan foydalanib, barcha yo‘lovchilardan sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz. Agar o‘zimizni himoya qilib, gigiyena qoidalariga rioya qilib, pandemiyaga qarshi birgalikda kurashsak, poyezdlarimiz qatnovi, xizmat ko‘rsatish hech qachon to‘xtamaydi”, — deyiladi bayonotda.

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda 2020-yilning 18-mayidan temiryo‘l va aviaqatnovlar qisman qayta tiklanishi va Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, poyezd va samolyotda harakatlanishning vaqtinchalik tartibi joriy etilgan. Keyinchalik O‘zbekistonda poyezd va samolyot yo‘lovchilari uchun koronavirusga test topshirish narxi ma’lum qilingan, lekin keyinroq qayta tiklangan avia va temiryo‘l reyslaridan foydalanish uchun koronavirusga test topshirishni talab qilish bekor bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют