» » “Abu Saxiy” ochilishi arafasida bozordagi do‘kondan salkam 30 mln so‘mlik telefonlar o‘g‘irlab ketildi

“Abu Saxiy” ochilishi arafasida bozordagi do‘kondan salkam 30 mln so‘mlik telefonlar o‘g‘irlab ketildi


13-iyun kuni soat 00:15 larda Chilonzor tumanida joylashgan “Toshkent savdo majmuasi” (“Abu Saxiy”) dagi do‘konlarning biridan qiymati salkam 30 million so‘mlik mobil telefonlar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatidan bo‘lgan 19 yoshli J.K va A.K. ismli yigitlar savdo majmuasidagi do‘konlardan birining eshigi oynasini sindirib, u yerdagi 17 ta mobil telefon va 2 ta planshetni o‘g‘irlab ketgan. O‘g‘irlangan qurilmalarning umumiy qiymati 29 million 886 ming so‘mga teng.

Ta’kidlanishicha, 14-iyun kuni yigitlarning shaxsi aniqlanib, PPX va Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilgani to‘g‘risida xabar qilingandi. Xususan, 16-iyundan boshlab “Abu Saxiy” buyum bozori (“Toshkent savdo markazi”) ham qayta ishga tushdi..

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют