» » Koronavirus sababli Malayziya va Indoneziya o‘z fuqarolariga 2020-yilda Haj ziyoratini bekor qildi

Koronavirus sababli Malayziya va Indoneziya o‘z fuqarolariga 2020-yilda Haj ziyoratini bekor qildi


Malayziya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yilda mamlakat fuqarolari uchun Haj mavsumini bekor qildi va uni noma’lum muddatga qoldirdi. Bu haqda Malayziya bosh vazirining ofisi vaziri Zulkifiy Muhammad al-Bakriy ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror Malaysiya qiroli sulton Abdulla Riyotuddin Mustafoning roziligi bilan qabul qilingan.

“Joriy yilda Hajni bekor qilish qarori Sog‘liqni saqlash vazirligining dunyodagi va Malayziyadagi epidemiologik vaziyat haqidagi hisobotiga asoslandi. Qaror Islom ishlari bo‘yicha milliy kengash majlisida 9-iyun kuni qabul qilindi. Haj 1441-hijriy yilda tashkil etilmaydi”, — deya ma’lum qilgan al-Bakiriy.

“Bu juda qiyin qaror bo‘ldi, chunki barchamiz Haj musulmon kishining hayotida qanchalik muhim ekanligini bilamiz”, — dedi vazir.

Mavzuga doir: Malayziyada 2 oylik tanaffusdan keyin juma namozlarini o‘qishga yana ruxsat berildi

Indoneziya hukumati ham joriy yildagi Haj mavsumini bekor qildi. Mazkur mamlakat uchun Haj ziyoratiga ajratilgan kvota 221 ming kishini tashkil qilib, joriy yil uchun mazkur o‘rinlarning 90 foizi band qilingandi.

Indoneziyada Haj mavsumi bekor qilinganini mamlakatning din ishlari bo‘yicha vaziri Faxrul Roziy ma’lum qilgan. “Bu juda qayg‘uli va og‘ir qaror, biroq biz ziyorat vaqtida ziyoratchilarimiz va xodimlarimizning xavfsizligi uchun javob beramiz”, — dedi vazir.

Saudiya Arabistoni avvalroq Umra ziyoratini bekor qilgan, biroq Haj ziyorati bo‘yicha hali aniq bir qarorga kelgani yo‘q.

Vazir Roziyning so‘zlariga ko‘ra, may oyida Indoneziya prezident Joko Vidodo nomidan Saudiya Arabistoni qirolidan Haj bo‘yicha qaror chiqarishni talab qilgan.

“Jakarta xavfni kamaytirish uchun dastlab ziyoratchilarning yarmiga ziyoratga borishga ruxsat berishni rejalashtirgandi, biroq keyin barcha ziyoratchilarni o‘z uyida qoldirishga qaror qildi”, — deya qo‘shimcha qilgan vazir.

Mavzuga doir: Indoneziya mamlakatga kirish uchun sog‘liq haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishni majburiy qilib qo‘ydi

Eslatib o‘tamiz, Makkadagi Al-Harom va Madinadagi Nabaviy masjidlarida mart oyining oxirida jamoat namozlari to‘xtatilgandi va masjidlar Ramazon oyida yopiq holda qolgandi.

Mavzuga doir: Surxondaryolik oila Haj ziyorati uchun yiqqan puliga mahalla uchun yangi transformator o‘rnatib berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют